Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Adinayev — boks federatsiyasi ijrochi direktori etib saylandi Surxondaryo viloyati boks federatsiyasi trenerlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida hududda boks sport turini rivojlantirish, trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodli sportchilarni saralash hamda musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Eng muhim yangilik: Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Adinayev boks federatsiyasi ijrochi direktori lavozimiga saylandi. Mazkur qaror federatsiya faoliyatini yanada kuchaytirish, tizimda samaradorlikni oshirish va boks sportini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda. Yig‘ilishni Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Xudoyberdiyevich olib bordi. Yakunda yangi rahbarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda trenerlar bilan yaqin hamkorlikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.